19:59 / 26.12.2016
4476

Saudiyaning eng yirik neft kompaniyasi aksiyalarini sotishi haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi

Foto: Reuters

Saudiya Arabistonining yetakchi gazetalaridan biri «Al-Iqtisodiya» mamlakatning yirik neft kompaniyasi Saudi Aramco 49 foiz aksiyalarini 10 yil davomida sotishi haqida e'lon qilingan o‘z xabarini rad etdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, bu xabar «haqiqatdan yiroq» bo‘lib, ishonchli manba orqali olinmagan. Nashr xato uchun uzr so‘radi.

Ta'kidlanishicha, kompaniya o‘z aksiyalarining bir qismini 2018 yilda sotishi rejalashtirilgan. Bu esa dunyodagi eng katta IPO joylashtirilishi bo‘ladi. 

Shu bilan bir qatorda, kompaniya ijrochi direktori Omin Nosirning ma'lum qilishicha, sotuvga chiqariladigan aksiyalarning aniq miqdori Saudiya Arabistoni Yuqori kengashi tomonidan belgilanadi.

 

Top