18:46 / 26.12.2016
4376

Somalida prezident saylovlari 4-marotaba qoldirildi 

Foto: Reuters

Somali hukumati prezident saylovlari o‘tkazilishini 4-marotaba qoldirdi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press axborot agentligi. 

Prezident saylovlari 28 dekabrda o‘tishi kerak edi, biroq manba ma'lumotlariga ko‘ra, u 24 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Yangi prezidentni saylashi kerak bo‘lgan mamlakat parlamenti 28 dekabrda qasamyod qabul qiladi. 

Somali respublikasi 1991 yilda Siad Barre diktatorlik hokimiyatining qulashi bilan yagona davlat sifatida mavjud bo‘lishdan to‘xtagan. Xalqaro hamjamiyat poytaxt Mogadisho va uning atrofidagi bir qator tumanlarni nazorat qiluvchi federal hukumatni mamlakatdagi yagona qonuniy hokimiyat deb tan oladi. Mamlakatning qolgan qismlari tan olinmagan davlat tuzilmalari nazoratida yoki o‘zini boshqaruvchi hududlar hisoblanadi. Somalining janubi va shimoli-sharqidagi ba'zi tumanlarda mahalliy qabilalar va radikal harakatlar hukmronlik qiladi.  

Mavzuga oid
Top