00:36 / 27.12.2016
13380

2016 yilning eng yaxshi darvozaboni e'lon qilindi

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) 2016 yil yakunlarga ko‘ra eng yaxshi darvozabonlar reytingini e'lon qildi.

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyyer qatorasiga to‘rtinchi marotaba eng yaxshi deb topildi. 2-o‘rinni "Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 3-pog‘ona "Sporting" va Portugaliya terma jamoasi darvozaboni Ruy Patrisiuga nasib etdi. 

Reyting 56ta mamlakatdan kelgan mutaxassislar tomonidan tuzildi. 

1. Manuel Noyyer («Bavariya», Germaniya) – 156
2. Janluiji Buffon («Yuventus», Italiya) – 91
3. Ruy Patrisiu («Sporting», Portugaliya) – 50
4. Klaudio Bravo («Barselona»/ «Manchester Siti», Chili) – 45
5. David De Xea («Manchester Yunayted», Ispaniya) – 37
6. Yan Oblak («Atletiko», Sloveniya) – 31
7. Ugo Loris («Tottenhem», Fransiya) – 29
8. Keylor Navas («Real Madrid», Kosta-Rika) – 18
9. Tibo Kurtua («Chelsi», Belgiya) – 13
10. Denis Onyango («Mamelodi Sandaunz», Uganda) — 5
11. Petr Chex («Arsenal», Chexiya) – 4
12. Samir Xandanovich («Inter», Sloveniya) — 2
13. Mark-Andre ter Shtegen («Barselona», Germaniya) – 1.

Mavzuga oid
Top