00:41 / 27.12.2016
6284

APL, 18-tur. "Manchester Siti" "Hall Siti"ni yengib, 2-o‘ringa chiqib oldi

Foto: Twitter/Eurosport_FR

APLning 18-turida "Manchester Siti" "Hall Siti" uyiga safar qildi. Uchrashuv Gvardiola shogirdlarining 0:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Ikkinchi bo‘limning 72-daqiqasida Ture penaltidan hisobni ochdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, Ixeanacho oradagi farqni 2taga yetkazdi. 

O‘yinning so‘nggi daqiqasida mezbonlar futbolchisi o‘z darvozasiga gol kiritib, yakuniy hisobni o‘rnatdi. 

Hall Siti – Manchester Siti 0:3 
Gollar:
0:1 – 72, penalti Ture, 0:2 – 78 Ixeanacho, 0:3 – 90, avtogol Devis.
Hall Siti – Marshall, Douson, Devis, Robertson, Maguayr, Klukas (Diomande, 78), Al-Muxammadi, Snodgrass, Livermor (Xenriksen, 74), Xaddlstoun (Meyson, 63), Mbokani.
Manchester Siti – Bravo, Otamendi, Klishi, Sanya, Stounz (Kolarov, 18), de Bryuyne, Sterling, Silva (Fernando, 87), Ture, Nolito (Ixeanacho, 57), Fernandino.
Ogohlantirish: Meyson (82).

Mavzuga oid
Top