14:52 / 27.12.2016
10724

EyeQue - Mobil ko‘z shifokori (Foto va video)

Ko‘z shifokoriga ko‘rinib turasizmi? Hech bo‘lmaganda yilda bir marta oftalmolog ko‘rigidan o‘tish kerak. Bu ayniqsa, xizmat yoki qiziqish yuzasidan kompyuter qarshisida ko‘p vaqtini o‘tkazadigan kishilarga taalluqli. Bundan tashqari, yosh o‘tgan sari ko‘zda ayrim muammolar paydo bo‘lishi tabiiy. EyeQue portativ miniskopi tibbiyot muassasalarida navbat poylab o‘tirmay, tezkor professional tekshiruv o‘tkazish imkonini beradi. Kickstarter nashri shu haqida xabar berdi. 

Uskuna jihozning o‘zi hamda iOS va Android operatsion tizimidagi qurilmalar uchun mo‘ljallangan mobil ilovadan iborat. Ko‘rish qobiliyatini tekshiruvdan o‘tkazish uchun "bemor", mobil ilova o‘rnatilgan smartfon va EyeQue kerak bo‘ladi. Qurilma xuddi oftalmolog kabi tekshiruv o‘tkazadi.

Mobilnyy okulist EyeQue (9 foto + video)

Mobilnyy okulist EyeQue (9 foto + video)

Mobilnyy okulist EyeQue (9 foto + video)

Test sinovining barcha natijalari "bulut"da saqlanadi, ularni mobil ilovada ko‘rish mumkin - ularni smartfon yoki kompyuterdan ko‘rish va taqqoslash imkoni mavjud. Qurilmaning professionalligiga shubha uyg‘onsa, olingan ma'lumotlar bilan ko‘z shifokoriga ko‘rinishingiz mumkin bo‘ladi. 

Yangi qurilma bahosi - 39 dollar atrofida. 

EyeQue minoskopi kelasi yilning yanvarida CES ko‘rgazmasi doirasida taqdim etiladi. 

Top