"Futbol" haftalik jurnali 2016 yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazdi. Unga ko‘ra, "Krasnodar" hujumchisi Fedor Smolov eng yaxshi o‘yinchi deb topildi.
2-o‘ringa Kvinsi Promes, 3-o‘ringa esa Igor Akinfeyev munosib ko‘rildi.
Smolov ushbu so‘rovnomaning 43-g‘olibi bo‘ldi. So‘rovnomada 308ta jurnalist va matbuot-xizmati vakillari ishtirok etdi.
Ovoz beruvchilar 3 nafar eng yaxshi futbolchini tanlashdi. Har bir 1-o‘rin uchun 3 ochko, 2-o‘rin uchun 2 va 3-o‘ringa 1 ochkodan qo‘shib borildi.
1. Fedor Smolov 544 ochko
2. Kvinsi Promesa 419 ochko
3. Igor Akinfeyev 168 ochko