22:00 / 27.12.2016
10594

Filippinda rekord qiymatdagi giyohvand modda musodara qilindi

Foto: AP

Filippin hukumati giyohvandfurushlikka qarshi kurash doirasida dekabrdagi reydlarda rekord qiymatdagi bir nechta metamfetamin partiyasini musodara qildi, deb ma'lum qildi Filippin adliya vaziri Vitaliano Agirre.

Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, dekabrda musodara qilingan jami giyohvand modda qiymati 120 mln dollarni tashkil qilgan. Reydlardan oxirgisi 26 dekabrda Maniladan sharqda joylashgan San-Xuan shahrida o‘tkazilgan.

"Bu nafaqat yil davomidagi, balki tarixdagi eng katta musodara qilish bo‘ldi", deb aytdi Agirre. Qancha miqdorda giyohvand modda musodara qilingani ma'lum qilinmagan.

Filippin hukumati 23 dekabrda 67 mln dollarlik metamfetamin musodara qilgani va 6 kishini hibsga olgani ma'lum bo‘lgandi. 

 

Mavzuga oid
Top