17:28 / 27.12.2016
6014

Xitoy kiberxavfsizlik strategiyasini taqdim etdi

Foto: Fotolia

Xitoy hukumati internetda xavfsizlikni ta'minlash strategiyasini taqdim etdi. Bu haqida seshanba kuni Sinxua agentligi xabar berdi. 

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, strategiya XXR kiberkenglik masalalari boshqarmasi tomonidan chop etilgan. Hujjatga ko‘ra, Xitoy hukumati xavfsiz, ochiq, qonuniy hamda tinch kiberko‘lamga erishadi. 

Bundan tashqari, XXR hukumati kibermaydonda mamlakat milliy xavfsizligi va suverenitetini qat'iy himoya qiladi - mamlakatning asosiy axborot infratuzilmasini himoya qiladi, internetdagi kiberterrorizm va jinoyat ko‘rinishlari bilan kurashadi. Manbaga ko‘ra, kibermaydonni boshqarish mexanizmi yaxshilanadi, Xitoy bu sohada boshqa davlatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantiradi.

So‘nggi yillar davomida XXRda milliy internet kompaniyalar va OAVning internetda tarqatilayotgan axborot sifatini diqqat bilan kuzatishni ko‘zda tutuvchi bir qator hujjatlar imzolandi. 

 

Top