19:00 / 27.12.2016
12749

Qirg‘izistonda davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari javobgarlikka tortilishi mumkin

Foto: Sputnik Kyrgyzstan

Qirg‘izistondagi “Ota Makon” fraksiyasi rahbari Amurbek Tekebayev davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi yetakchisi Abdil Segizbayevni javobgarlikka tortishni talab qilmoqda. Bu haqda deputat Bishkekdagi matbuot anjumanida ma'lum qildi, deb xabar beradi Knews.Kg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u avvalroq DMXQga Belizdagi apostillar bo‘yicha materiallardan nusxalar taqdim etishni so‘rab murojaat qilgan. Biroq mahkama bunga rad javobini bergan. Ular tezkor-qidiruv faoliyati haqidagi qonun bilan buni izohlashgan. Bu qonunga ko‘ra, Segizbayev maxfiy ma'lumotlarni oshkor etishi mumkin emas.

Ma'lumot uchun, DMXQ rahbari Abdil Segizbayev 2016 yilning 14 noyabr kuni prezident Almazbek Atambayevni Beliz davlat organlaridan apostillarni olgani haqida xabardor qilgan. Ular uch yuqori lavozimli amaldorlarni o‘sha payt milliylashtirilmagan «Alfa Telekom» YoAJ aksiyalarining bir qismining sotilishidan tushgan 50 million dollardan manfaat ko‘rganidan dalolat beradi.

Prezident devoni tomonidan taqdim etilgan hujjat fotosuratlarida «Ota Makon» fraksiyasidan bo‘lgan uch deputat — Amurbek Tekebayev, Almambet Shikmamatov va Aida Salyanovaning ismlari ko‘rsatilgan.
 

Mavzuga oid
Top