AQShning yangi prezidenti Donald Tramp tvitterda BMT katta salohiyatga ega ekanligini, biroq hozirda "vaqtni yoqimli o‘tkazish" mumkin bo‘lgan joyga aylanib qolganini aytdi.
"Birlashgan Millatlarda katta salohiyat bor, biroq u hozir odamlar uchrashib, suhbat qurib va vaqtni yoqimli o‘tkazadigan klubni namoyon qiladi. Qanday qayg‘uli!", deb yozgan Tramp.
Avvalroq Tramp uning inauguratsiyasidan keyin "BMT o‘zgarishini" aytgandi.