14:20 / 28.12.2016
18322

2016 yilda sport sohasidagi 10 ta eng yirik kelishuv

Kun.uz sayti 2016 yilda sport sohasidagi eng katta xaridlar, transferlar, maoshlar va homiylik shartnomalari ro‘yxatini tuzib chiqdi. 

Unda «Formula-1» egasining o‘zgarishi, xitoylik investorlarning Yevropa futbolidagi faolligi, «Barselona»ning rekord miqdordagi homiylik shartnomasi va MBAdagi ish haqlarining yanada oshirilishi – bularning barchasi Kun.uz galereyasida.

1.  «Formula-1»ning sotilishi
Qiymat: 8 milliard AQSh dollari
Dunyoning eng yirik avtopoyga seriyasi o‘z egasini o‘zgartirdi. Endilikda yiliga 1,8 milliard dollar daromad keltiradigan biznesni amerikalik Jon Melounning Liberty Media Corporation’ni boshqaradi.  Ma'lumotlarga ko‘ra, qirollik poygalarida katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. 
Suratda: 85 yoshli Berni Ekklstoun (o‘ngda) Formula One Group’da prezidentlik vazifasida qoldi, biroq qarorlarni kompaniya direktorlar kengashi yangi raisi Cheyz Keri (chapda) qabul qiladi. 

2.  UFC’ning sotilishi
Qiymat: 4 milliard AQSh dollari
UFC aralash yakkakurashlar promouterlik kompaniyasi 2001 yilda Deyn Uayt va aka-uka Fertittolarga atigi 2 million dollarga tushgandi. 16 yil o‘tib esa uni WME-IMG yirik agentligiga (mijozlari orasida – Mariya Sharapova, Novak Jokovich va boshqa yulduzlar bor) 2000 baravar qimmatroqqa sotishdi – 4 milliard dollar. Eslatib o‘tamiz, UFC o‘zining shaxsiy onlayn-kanaliga hamda u orqali taxminan 4-5 million doimiy tomoshabinga ega.

3.  «Barselona» va Nike’ning rekord miqdordagi homiylik shartnomasi
Qiymat: 1,5 milliard yevro
Kataloniya klubi may oyida Nike bilan hamkorlik 2026 yilga qadar cho‘zdirilganini ma'lum qildi. Kelishuvga ko‘ra, kompaniya har bir mavsum uchun 155 million yevro ajratadi. Avvalgi rekord «Manchester Yunayted» jamoasiga tegishli bo‘lib, klub adidas kompaniyasi bilan 10 yilga qiymati 750 million yevro bo‘lgan shartnoma imzolagan. Biroq, amerikaning Forbes nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Madridning «Real» klubi joriy yilda nemis kompaniya bilan kelishuvini yanada yaxshilagan – 10 yilga 1,6 milliard dollar.

4.  Ronaldu va Nike’ning umrbod homiylik shartnomasi
Qiymat: 1 milliard AQSh dollari
Krishtianu Ronaldu va Nike kompaniyasi hamkorligi 2003 yilda boshlangan bo‘lib, 2016 yilda yangi maqomga o‘tdi – umrbod homiylik shartnomasi. Uning qiymati rasman ma'lum qilinmagan, biroq mutaxassislar uni 1 milliard dollar atrofida baholashmoqda. 

5.  «Milan» klubining xitoylik investorlar tomonidan sotib olinishi
Qiymat: 660 million yevro
Xitoyning Suning maishiy texnika reteyleri avvaliga Milanning boshqa bir klubi - «Inter»ning 70 foiz aksiyalarini 270 million yevroga sotib oldi. Yil oxirida esa «Milan» egasi Silvio Berluskoni va Xitoyning Sino-Europe Sports Investment Management Changxing Co. Ltd. sarmoya guruhi kelishuvning yakuniga bosqichiga chiqishdi. Barcha qozog‘larga imzo chekilgach, shuningdek pullar (440 million yevro plyus 220 million yevrolik qarzlar) to‘lab berilgandan so‘ng «Milan»ning yangi egalari kim ekani oydinlashadi.

6.  Angliya premer-ligasi tarixidagi xorijiy teleuzatish kompaniyasi bilan eng qimmat shartnoma
Qiymat: 560 million funt sterling
Xitoyning Suning yirik reteyleri 2016-yilning kuzida Angliya premer-ligasining uch mavsumini ko‘rsatish uchun huquqni sotib oldi. Liga har bir mavsum uchun 230 million dollardan oladi – bu angliya futbolining xorij bozoridagi yangi maksimumidir. Avvalgi rekord NBC bilan bir yil avvalgi bitim bo‘lib – olti mavsumga 1 milliard dollarni tashkil qildi. Biroq mahalliy telekanallar futbol translyatsiyalariga ancha qimmatroq pul to‘lashadi: BT Sport va Sky Sports 2015 yilda uch mavsumga 5,1 milliard funt ajratishgan.

7.  MBAdagi rekord miqdordagi shartnoma
Qiymat: 153 million dollar
29 yoshli Mayk Konli 2016 yilning yozida o‘zining «Memfis Grizliz» klubi bilan 5 yilga 153 million dollarlik shartnoma imzoladi. U MBA tarixidagi yillik ish haqi 30 million dollardan ko‘proq bo‘lgan uchinchi basketbolchiga aylandi (Maykl Jorjan va Kobi Brayant). Konli – jamoa uchun muhim bo‘lgan yaxshi basketbolchi, ammo superyulduz emas. Yigitga omad kulib boqdi: MBA daromadlari fantastik teleshartnoma sabab (9 yilga 24 milliard dollar) oshdi. Bu esa oylik maoshlarining belgilangan chegarasining ortishiga olib keldi – 94 million dollargacha. Klublar bundan foydalanib shartnomasi tugayotgan yetakchi o‘yinchilariga katta takliflar qilishdi.

8.  «Krestovskiy» stadioni qurib bitkazilishi uchun pudratchi shartnomasi
Qiymat: 7,8 milliard rubl
Stadion 2016 yilning yozida bosh pudratchini alishtirdi. «Transstroy» kompaniyasi 8 yil davomida byudjyet mablag‘larini ishlatdi (30 milliard rubldan ko‘proq), biroq arena 85 foizga tayyor bo‘lganida, buyurtmachi ish sifati va muddati uni qanoatlantirmayotgani haqida ma'lum qildi. Shartnoma bekor qilindi, tezkorlik bilan tanlov o‘tkazildi va unda «Metrostroy» kompaniyasi g‘alaba qozondi. Uning stadionni qurib bitkazish va atrofdagi hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha xizmatlari 7,8 milliard rublga baholandi (taxminan 127 million dollar). Bu esa 2006 yildagi boshlang‘ich smetadan ko‘proqdir. Shu tariqa, «Zenit» yangi arenasining umumiy qiymati 1 milliard dollardan oshib ketdi.

9.  Futbol tarixidagi eng qimmat transfer
Qiymat: 105 million yevro
«Manchester Yunayted» 2016 yilning yozida fransiyalik Pol Pogba uchun rekord miqdordagi mablag‘dan voz kechdi. Uni jamoa «Yuventus»ga 2012 yilda deyarli bepulga berib yuborgandi. Bunga qadar Garet Beylning «Tottenxem»dan Madridning «Real» klubiga 2013 yildagi transferi eng qimmat deb hisoblangan. O‘shanda ispaniyaliklar futbolchini 101 million yevroga xarid qilishgandi. 

10. Iguainning «Yuventus»ga o‘tishi
Qiymat: 90 million yevro
«Napoli» klubi hujumchisi Gonsalo Iguanning «Yuventus»ga o‘tishi Pol Pogbaning sotuvidan tushgan mablag‘lar evaziga amalga oshdi. Turin jamoasi argentinalik yulduz bilan besh yilga shartnoma imzoladi.

Top