8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

18:55 / 28.12.2016 4903

Xitoylik xakerlar 4 mln dollardan ko‘proq mablag‘ ishlab olishdi

Foto:Getty images

Uch nafar xitoylik xaker Nyu-Yorkdagi korporativ huquq bo‘yicha yetakchi firmalarning serverlarini buzib kirgandan keyin 4 mln dollardan ko‘proq mablag‘ ishlab oldi, deb xabar bermoqda AQSh hukumatiga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi. Ma'lumotlarga ko‘ra, bir gumonlanuvchi hibsga olingan.  

Xakerlar yirik huquqshunoslik firmalari, bitimlar bo‘yicha maslahat beruvchi kompaniyalarni nishonga olganlar. Jinoyatchilar ikki firmaning mansabdor shaxslari elektron pochtalari akkauntlariga kira olganlar. Xakerlar noqonuniy daromadni Intermune, Intel va Pitney Bowes Inc. kompaniyalari bilan bog‘liq bitim va olib-sotishlar orqali olishgan.

Aniqlanishicha, barcha uch xaker ulardan biri – Bo Chjen tomonidan yaratilgan robototexnik kompaniyada ishlagan. 25 dekabrda Gonkongda xakerlardan biri – 26 yoshli Yat Xun ushlangan, u ekstraditsiya qilinishini kutmoqda. Uchinchi xakerning ismi Chin Xun.

AQSh ma'lumotlariga ko‘ra, xakerlar boshqa robototexnik kompaniyalar serverlarini ham buzib kirishgan.

 

Top