18:14 / 28.12.2016
20674

Yilning eng “kassabop” aktyorlari ma'lum qilindi

Skarlett Yoxansson Forbes jurnaliga ko‘ra 2016 yilning eng “kassabop” aktyorlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. U “Birinchi qasoskor: Qarshilik” filmi sabab ro‘yxatda yetakchilik qilgan. Yoxansson ishtirokidagi kartinaga 1,2 milliard dollarlik chiptalar sotildi.

Skarlett Yoxansson

Ikkinchi o‘rin Kris Evans va kichik Robert Dauniga nasib etdi (1,15 milliard dollardan).

Ro‘yxatning keyingi pog‘onasida “O‘z joniga qasd qiluvchilar otryadi” yulduzi Margo Robbi (1,1 milliard dollar) qayd etildi. Top o‘nlikka Emi Adams ($1,04 mlrd), Ben Afflek ($1,02 mlrd), Genri Kavill ($870 mln), Rayan Reynolds ($820 mln), Felisiti Jons ($805 mln) va Uill Smit ($775 mln) ham kiritildi.

Avvalroq, Forbes Jorj Lukasni eng badavlat mashhur inson deb ma'lum qilgandi.

Top