13:34 / 28.12.2016
20111

Noqulay ob-havo Toshkent xalqaro aeroporti faoliyatida ayrim o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi

Noqulay ob-havo tufayli Toshkent xalqaro aeroporti faoliyatida ayrim o‘zgarishlar yuz berdi.

Tel-Aviv (HY-304 reysi), Bishkek (HY-778) va Parijdan (HY-252) parvoz qilgan O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasining samolyotlari tuman sababli Toshkent aeroportiga qo‘na olmadi va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida joylashgan zaxiradagi aeroportlarga yo‘l oldi.

Sankt-Peterburg (HY-632), Milan (HY-256) va London (HY-202), shuningdek, Istanbuldan (TK-368) parvoz qilgan samolyotlar ham noqulay ob-havo sabab Toshkent xalqaro aeroporti osmonida aylanib parvoz qildi va havo biroz yaxshilangach, aeroportga muvaffaqiyatli qo‘ndi.

 

Mavzuga oid
Top