16:04 / 28.12.2016
21767

Ota-onaning o‘g‘liga atab tayyorlagan sovg‘asi tarmoq foydalanuvchilarining hayratiga sabab bo‘ldi

Shon ismli shotlandiyalik bola Rojdestvo bayrami munosabati bilan o‘zi kutmagan sovg‘aga ega bo‘ldi. Gap shundaki bolakay ukalik bo‘lishni juda-juda istar edi. Ota-ona uning ukalik bo‘lishi haqidagi xushxabarni o‘z o‘g‘illariga maktub orqali yetkazishga qaror qilishdi. 

Ular Shon maktubni o‘qib qay holatga tushishini tasvirga tushirishni rejalashtirishdi. O‘qishni o‘rganayotgan bola maktubni ochib o‘qiydi va gap nima haqida ketayotganini bilib, yig‘lab yuboradi. 

Uning xushxabardan so‘nggi bu holati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini qattiq ta'sirlantirib yubordi. Qoldirilgan izohlardan Shonning kelajakda juda yaxshi aka bo‘lishi haqida gap ketadi. 

 

Mavzuga oid
Top