16:00 / 29.12.2016
4820

Belgiya 2016 yilda 14 ming kishiga boshpana berdi

Foto: AP

Belgiya hukumati 2016 yilda boshpana so‘ragan 14 mingdan ortiq kishiga qochqinlik maqomini berdi, deb xabar qildi Echo gazetasi qochqinlik ishlari bo‘yicha bosh komissarlik ma'lumotlariga asosan.

Belgiyada 2015 yilda qochqinlik maqomi deyarli 11 ming kishiga berilgandi. Bu esa yakuniga yetib borayotgan yil ko‘rsatkichidan 33 foizga kamroqdir.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ikkinchi jahon urushidan so‘ng eng murakkab muhojirlik inqirozini o‘z boshidan o‘tkazmoqda. Bu birinchi navbatda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlaridagi qurolli to‘qnashuvlar hamda iqtisodiy muammolar bilan bog‘liq. Frontex agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga 2015 yilda 1,8 million muhojir kelgan.

Mavzuga oid
Top