23:58 / 29.12.2016
7260

Xalqaro sport nashrlari assotsiatsiyasi 2016 yilning eng yaxshi jamoasini e'lon qildi

"Lester Siti" Xalqaro sport nashrlari assotsiatsiyasi tomonidan 2016 yilning eng yaxshi klubi deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma'lum qilingan. 

Ovoz berish jarayonida 110 mamlakatdan jurnalistlar ishtirok etishdi. "Lester"ga jurnalistlarning 20,71 foizi ovoz berishdi. Ikkinchi o‘rinni Yevropa chempioni bo‘lgan Portugaliya terma jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan "Real Madrid" 3-o‘ringa munosib ko‘rildi. 

Mavzuga oid
Top