14:04 / 29.12.2016
15536

Apple vakillari iPhone portlashidan jabr ko‘rgan qozog‘istonlik qiz bilan uchrashishdi

iPhone qurilmasi portlashidan jabr ko‘rgan aqtobelik Ardak O‘rinbosarovaning hikoyasi tugallanmagan ko‘rinadi. Bu haqida Diapazon nashri xabar berdi

Manbaga ko‘ra, Apple'ning Moskvadagi bo‘linmasida ushbu vaziyat yuzasidan qiziqish bildirishgan. Kecha ular Ardakning qarindoshlari bilan bog‘langanliklari ma'lum bo‘ldi. 

Bundan avval smartfon portlashi natijasida Ardakning oyoqlari, yelkalari va yuzi kuyib ketganligi haqida xabar berilgan. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, tananing 30 foizi kuyib ketgan. 

Manbaga ko‘ra, iPhone qurilmasi portlashi natijasida uyda yong‘in chiqqan, tungi soat 3 atrofida bo‘lgani uchun Ardak uxlayotgan bo‘lgan. 

"iPhone 5S zaryadda emasdi. U krovatda yonimda edi. Men ertalab tadbirga borishim kerak edi, shuning uchun barcha  kiyimlarimni, jumladan mo‘ynali paltoimni ham  tayyorlab qo‘ygandim. Tunda esa xuddi birov turtib yuborgandek bo‘ldi va uyg‘onganimda krovatning yonayotganini ko‘rdim", - deydi qiz. 

"Yong‘in iPhone'dan boshlangan, lekin u zaryadda bo‘lmagan. Mening yonimga uyali aloqa idorasi vakillari kelishdi. Sodir bo‘lgan voqeadan foydalanib, pul undirmoqchi emasman, biroq hammasini oydinlashtirib olish kerak", - deya aniqlik kiritdi Ardak.

Mavzuga oid
Top