16:16 / 29.12.2016
7102

Shimoliy Koreyaning 7000 aholisi totalitar planshetdan foydalanishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Motherboard

Tashqi dunyoga mavhum bo‘lgan Shimoliy Koreyada zamonaviy texnologiyalardan foydalanuvchi insonlarning oz bo‘lsa-da, mavjudligi ma'lum bo‘ldi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatda tashqi dunyodan chegaralangan internetdan foydalanuvchi 7 mingdan ortiq kishi qayd etilgan. Bunda kompyuterlar "Qizil yulduz" nomi ostidagi maxsus OS Linux versiyasi boshqaruvida ishlaydi. Yaqinda butun dunyo xakerlari kongressida shimoliy koreyaliklar foydalanuvchi Woolim plansheti ko‘rsatildi. MotherBoard nashri shu haqida ma'lum qildi.

Android-qurilma kontrabanda mediafayllarini ishlashni rad etadi, foydalanuvchining harakatlarini kuzatadi va targ‘ibot platformasi sifatida qo‘llanadi. Planshetda PDF formatidagi qurilmadan foydalanish yo‘riqnomasi, ba'zi targ‘ibot kitoblari, fransuz, rus va xitoy tillari lug‘atlari, shuningdek biroz o‘zgartirish kiritilgan Angry Birds o‘yini bor. Woolim mahalliy internet va televideniyega ulana oladi, biroq unda simsiz Bluetooth va Wi-Fi modullari yo‘q. 

Foydalanuvchi faqat muayyan turdagi fayllar, masalan matnli yoki HTML-sahifalarni ishga tushirishi mumkin. Har safar biror bir ilova ishga tushirilganda tizim avtomatik ravishda skrinshot oladi va uni saqlab qo‘yadi (uni o‘chirib bo‘lmaydi). 

2015 yildan buyon Xitoyning Hoozo kompaniyasi Shimoliy Koreya hukumati buyurtmasi bo‘yicha planshetlarni yetkazib beradi. Woolim'ni xarid qilishga faqat badavlat kishilarninggina qurbi yetadi, chunki Shimoliy Koreyada 170-220 dollarli texnikani har kim ham qo‘lga kirita olmaydi. 

 

Mavzuga oid
Top