23:46 / 29.12.2016
7155

Transfer yangiliklari borasidagi eng ishonchli nashr ma'lum bo‘ldi

BBC telekompaniyasi o‘z saytida 2002 yilda ochilgan transferlarga oid mish-mishlar haqidagi bo‘limini o‘rganib chiqdi. Bu borada telekompaniya Britaniya nashlarini tadqiq qildi. 

Ma'lum bo‘lishicha, 2016 yilning iyulidan avgustiga qadar tarqatilgan tranfsferlarga oid yangiliklarning 64,3 foizi to‘g‘ri chiqqan. "Manchester Siti"ga oid transfer yangiliklarining 68,6 foizi amalga oshgan. 

Telekompaniya hisob-kitobiga ko‘ra, eng ishonchli nashr The Guardian bo‘lib chiqdi. Ular ommaga tarqatgan xabarlarning 68 foizi to‘g‘ri bo‘lib chiqqan. 

Sky Sports bu borada 57,9 foiz ko‘rsatkichni qayd etgan.

Top