10:12 / 30.12.2016
14685

AQShda 50 yil ichida birinchi marta sobiq harbiy qatl etiladi

Foto: AP

AQShda 50 yil ichida birinchi marta sobiq harbiyga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanadi, deb xabar bermoqda CNN telekanali. 

Havo-desant batalonida oshpaz bo‘lib xizmat qilgan Ronald Grey Shimoliy Karolina shtatida ikkita qotillik va uchta nomusga tegish jinoyatini sodir etgani uchun 1988 yilda harbiy sud tomonidan o‘lim jazosiga mahkum qilingan. Keyinroq u fuqarolik sudida 2 ta qotillik va 5 ta nomusga tegish bo‘yicha aybini tan olgan. 

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Kanzas sudi sudyasi Tomas Marten o‘tgan haftada Greyning jazo hukmini ijro etish bo‘yicha avval taqdim qilingan ortga surish "boshqa kuchga ega emasligini" aytgan.

Agar jazo ijro etilsa, unda bu 1961 yildan beri birinchi marta sobiq harbiy qatl etilishi bo‘ladi. Hozirda bu ish bo‘yicha o‘limga olib keluvchi inʼeksiya kiritish ko‘rinishidagi qatl ko‘zda tutilgan.

O‘limga olib keluvchi inʼeksiya kiritish

2008 yilda o‘sha paytdagi AQSh prezidenti Jorj Bush Greyning qatl etilishiga ruxsat beruvchi buyruqqa imzo chekkandi. O‘shanda federal sud hukmning ijro etilishini keyinga qoldirgandi. 

Armiya vakillari va Grey advokati qatl haqidagi axborotga izoh berishmagan. Hukm ijro etilishi sanasi belgilanmagan. 

Telekanalning ma'lum qilishicha, 1983 yilda harbiy hakamlik sudi o‘lim jazosi AQSh qurolli kuchlari harbiylariga jazo chiqarilishini ko‘zda tutuvchi qoidalar bilan bog‘liq muammolar sababli konstitutsiyaga zid kelishi haqidagi fikrga kelgandi. Keyinroq AQShning 40-prezidenti Ronald Reygan harbiylar uchun oliy jazo chorasini tiklagandi.

Ta'kidlanishicha, faqatgina prezident o‘lim jazosini bekor qilish vakolatiga ega. Shuningdek, o‘lim jazosi ijro etilishi uchun prezident ruxsati talab etiladi. 

Top