08:40 / 30.12.2016
11756

Xitoy klublaridan biri dunyoning eng kuchli futbolchisini sotib olmoqchi

«Real» futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorjye Mendesh Xitoy klublaridan biri portugaliyalik futbolchi uchun 300 million yevro, 31 yoshli o‘yinchining o‘ziga esa – yiliga 100 million yevro mablag‘ taklif etgani haqida gapirib berdi, deb yozadi Tribuna.uz.

«Biroq pullar – bu hammasi emas. «Real» — bu uning hayoti», - deya futbolchining agenti so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sport Italia.

Ma'lumot uchun, yaqinda o‘zinining to‘rtinchi «Oltin to‘p»ini qo‘lga kiritgan Ronaldu noyabrda madrid klubi bilan shartnomasini 2021 yilgacha uzaytirdi.


 

Top