8356.18 USD +19.11

9582.03 EUR +83.61

124.97 RUB +1.61

10730.2 GBP +120.41

22:33 / 30.12.2016 9271

Xitoy quyosh va shamol energiyasi narxlarini tushirmoqda

Foto:Getty images

Xitoyning taraqqiyot va islohotlar bo‘yicha milliy qo‘mitasi 2017 yilda quyosh elektr stansiyalari egalaridan sotib olinuvchi elektr energiya narxini 17 foizga pasaytirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Shamol elektr stansiyalari uchun narx 2018 yilda 15 foizga  arzonlashtiriladi. Bu chora ikki turdagi elektr stansiyalarga to‘lanadigan har yillik to‘lovni 863 mln dollarga kamaytiradi. Bu choralar yangi shamol parraklari va quyosh batareyalari o‘rnatilishi narxi arzonlashgani bilan bog‘langan. 

2016 yil ham quyosh va shamol energetikasida rekord o‘sish yili bo‘ldi. Elektr uzatish liniyasiga ulangan shamol elektr stansiyalari 139 gigavatt, quyosh elektr stansiyalari esa 60 gigavattdan ko‘proq elektr energiya beradi. Bunday elektr stansiyalarning ommaviy qurilishi shamol parraklari va fotoelementlarga narxlarning tushishi bilan birga boradi. 

Xitoy hukumati bunga javoban nafaqat ko‘mir qazib olish hajmini yiliga chorak milliard tonnaga kamaytirmoqda, balki quyosh va shamol energiyasini sotib olish narxini kamaytirishga qaror qildi. 

 

Top