18:51 / 30.12.2016
5110

Hindistondagi ko‘mir konida yuz bergan o‘pirilish 9 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: Reuters

Hindistonning Jarkxand shtatidagi ko‘mir konida yuz bergan o‘pirilish sabab kamida to‘qqiz nafar konchi halok bo‘ldi. India Today telekanalining xabar berishicha, yana 50 nafar inson yer tagida qolmoqda.

Avvalroq, 40 kishi jabrlangani xabar qilingandi.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, o‘pirilish konga kiraverishda yuz bergan bo‘lib, buning natijasida ishchilar ichkarida qolib ketishgan. Qidiruv-qutqaruv amaliyoti davom etmoqda.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi hodisaga Twitter’dagi o‘z sahifasida izoh berdi. "Men Jarkxand shtatidagi shaxtada ko‘plab kishilar halok bo‘lganidan juda afsusdaman. Biz yer ostida qolganlarning haqiga duo qilmoqdamiz", - deya yozdi u.

Top