08:06 / 30.12.2016
13861

Tennischi Serena Uilyams turmushga chiqishga rozilik berdi

Foto: AP

Amaldagi 2-raqamli ayol tennischi, "Katta dubulg‘a" seriyasi musobaqalarining 22 karra g‘olibi, amerikalik Serena Uilyams arman millatiga mansub amerikalik tadbirkor, Reddit portali asoschilaridan biri Aleksis Oganyanning turmush chiqish taklifiga rozilik bildirdi.

"U "ha" dedi", deb yozdi Oganyan feysbukda bo‘lg‘usi rafiqasining Reddit’dagi xabariga iqtibos keltirgan holda. 

Juftlik 2015 yil kuzidan beri uchrashib keladi.

 

Mavzuga oid
Top