19:17 / 30.12.2016
6332

Venger mavsum chempionligi uchun London jamoasida imkoniyat juda yuqori ekanini aytdi

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger Londonning «Chelsi» klubi joriy mavsum chempioni bo‘lish uchun asosiy da'vogar ekani haqida gapirdi.

«Ayni vaqtda «Chelsi» - superfavorit, chunki ular yaxshigina farq bilan oldinga chiqib oldi. Ammo ular hali ochko yo‘qotishi mumkin, chunki mavsum yakuniga qadar ko‘p vaqt bor.

Kontega tan berish kerak, u «Chelsi»ning muammolarini hal qilib, barqaror jamoa tuzishga erishdi.

Ularning qilayotgan ishi – fantastika» - deya Vengerning so‘zlarini keltirgan The Telegraph.

«Chelsi» APLning 18-turidan keyin 46 ochko to‘plab, turnir jadvalida ikkinchi o‘rindagi «Liverpul»ni 6 ochkoga ortda qoldirgan holda yetakchilik qilmoqda. «Arsenal» 37 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda.

Top