10:05 / 31.12.2016
4799

2016 yilda 93 jurnalist terakt va otishmalar sabab halok bo‘ldi

Foto: AP

2016 yilda kamida 93 jurnalist professional faoliyatlari bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar sabab halok bo‘lishdi. Bu haqda Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi xabar berdi.

Federatsiya ma'lumotlariga ko‘ra, jurnalistlar dunyoning 23 mamlakatidagi terakt va otishmalarda halok bo‘lishgan. Eng ko‘p jurnalistlar Iroq (15 kishi), Afg‘oniston (13 kishi) va Meksikada (11 kishi) hayotdan ko‘z yumgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 29 jurnalist aviahalokatlar qurboniga aylangan – ularning ichida Braziliyadan bo‘lgan 20 nafar sport jurnalisti va harbiy samolyot bortida bo‘lgan to‘qqizta rossiyalik jurnalist bor.

Ta'kidlanishicha, bir necha jurnalistlar bedarak yo‘qolgan va ehtimol o‘ldirilgan. Biroq, federatsiya bu boradagi aniq ma'lumotlarga ega emas.

Top