08:44 / 31.12.2016
5803

AQShda kichik samolyot qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

AQShning Vashington shtati shimoliy qismida bir motorli kichik Sessna samolyoti qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. 

Associated Press axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot Sietldan 29 dekabr kechki payt chiqib ketgan va birozdan keyin uchuvchi bilan aloqa yo‘qolib qolgan. Qutqaruvchilar bir kundan keyingina samolyot bo‘laklari va halok bo‘lganlarning jasadlarini yetib borish qiyin bo‘lgan o‘rmon hududida aniqlashgan.

Halokat sabablari aniqlashtirilmoqda.

 

Top