Buyuk britaniyalik sportchilar – jahonning amaldagi birinchi raqamli erkak tennischisi Endi Marrey hamda 4 karra Olimpiya chempioni, yengil atletikachi Mo Faraga Britaniya imperiyasi ordeni – ritsar unvoni berildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Shuningdek, bu unvonga ot sportida Paralimpiadalar chempioni Li Pirson, Yevro-2016 futbol musobaqasining yarimfinaligacha borgan Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Kris Koulman ham loyiq deb topildi.