17:55 / 31.12.2016
8945

Dunyo yetakchilari Shavkat Mirziyoyevni Yangi yil bilan tabriklashmoqda

Yangi – 2017 yil kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, kompaniyalar rahbarlari va jamoat arboblaridan Prezidentimiz va O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar izhor etilgan samimiy qutlovlar kelmoqda. 

Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi – Si Tszinpin

Yaponiya Bosh vaziri – Sindzo Abe

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti – Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi – Muhammad bin Roshid Ol Maktum

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi – Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti – Ilhom Aliyev

Yevropa Kengashi Prezidenti – Donald Tusk

Norvegiya Qiroli – Xarald V

Kanada General gubernatori – Devid Lloyd Jonston

Vengriya Respublikasi Prezidenti – Yanosh Ader

Sloveniya Respublikasi Prezidenti – Borut Paxor

Latviya Respublikasi Prezidenti – Raymonds Veyonis

Eron Islom Respublikasi Prezidenti – Hasan Ruhoniy

Misr Arab Respublikasi Prezidenti – Abdulfattoh as-Sisi

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti – Abdulaziz Buteflika

Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vaziri – Shayx Hasina

Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumati Ijroiya kengashi raisi – Abdulla Abdulla

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ijrochi direktori – Kristin Lagard

NATO Bosh kotibi – Yyens Stoltenberg

Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi – Rashid Alimov

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, MDH Dinlararo kengashi hamraisi – Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda

Aviatsiya bo‘yicha davlatlararo kengash prezidenti, Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi raisi – Tatyana Anodina

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi prezidenti – Shinichi Kitaoka

«Lukoyl» neft-gaz kompaniyasi prezidenti – Vagit Alekperov

«Transneft» kompaniyasi vitse-prezidenti – Vladimir Rushaylo

Janubiy Koreyaning «Shindong Resorsiz» kompaniyasi prezidenti – Kim Yong Gu

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari – Eduards Stiprays

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Top