11:40 / 31.12.2016
6482

Xitoy Trampning Tayvanni qo‘llab-quvvatlashidan xavotirda

Foto: © AP

Xitoy hukumati AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning Tayvanni qo‘llab-quvvatlashidan xavotirda, shu bois qisman tan olingan respublikaning mustaqillik tomon harakatini bartaraf etish uchun tegishli choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Xitoy hukumati bu borada harbiy va iqtisodiy choralar ko‘rishi mumkin. Shunga qaramay, bu masalada aniq qarorlar qabul qilingan yoki qilinmaganligi haqida xabar yo‘q. 

Tramp prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasidan keyin Tayvan yetakchisi Tsay Inven bilan telefonda suhbatlashib, rasmiy Xitoyni xavotirga soldi. Bundan tashqari, AQShning yangi saylangan prezidenti “yagona Xitoy”ning siyosatiga tanqidiy ko‘z bilan qaraydi. Biroq manbada ta'kidlanishicha, Xitoy hukumati muammoda Trampni emas,  faqat Tayvanni ayblamoqda.
 

Top