12:48 / 31.12.2016
8374

Kurdlar Raqqa yaqinidagi shaharni shturm qilishni boshlashdi

Foto: © AFP

Suriya demokratik kuchlari tarkibiga kiruvchi kurd jangchilari IShID jangarilarining Suriyadagi norasmiiy poytaxti hisoblanuvchi Raqqadan 55 km uzoqlikda joylashgan Mahmudli shahrini shturm qilishni boshlashganini e'lon qilishdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Efrot g‘azabi" (Suriya demokratik kuchlarining Raqqani ozod qilish bo‘yicha operatsiyasi) ishtirokchilari IShID tomonidan bosib olingan Mahmudlini shturm qilishni boshlashdi. Shahar atrofidagi to‘qnashuvlarda IShIDning kamida 10 jangarisi halok bo‘ldi", deb aytildi xabarda.
 

Top