10:11 / 31.12.2016
5886

Pan Gi Mun o‘zini Zolushkaga o‘xshatdi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun o‘zini Zolushkaga o‘xshatdi. Uning uchun ham bugungi yarim kecha “hammasini o‘zgartiradi”, deb yozadi Assoshieyted Press agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, tashkilot diplomatlari oldida chiqish qilgan bosh kotib o‘zini “Zolushka kabi his etayotgani, bunga esa yarim tunda uning holati ham o‘zgarishi” sababligini aytib o‘tdi.

“Yangi yil arafasida men Tayms-Skverdagi sharni chiqarish marosimida bo‘laman (Nyu-York markazidagi an'anaviy yangi yil tadbiri - tah). Millionlab kishilar mening ishimni yo‘qotishimga guvoh bo‘lishadi”, - deya hazil qilgan BMT rahbari.

Xabar qilinishicha, u o‘z hamkasblarini “inson huquqlari va qadr-qimmatiga bor e'tiborlarini qaratishga” chaqirdi.

Birlashgan millatlar tashkiloti rahbari Pan Gi Mun o‘z lavozimini bugun, 31 dekabr kuni tark etadi. U tashkilotni umumiy hisobda o‘n yil boshqardi. Portugaliyalik Antoniu Guterresh esa 1 yanvar kunidan BMTning yangi bosh kotibi bo‘ladi.

Top