12:45 / 01.01.2017
5149

YeXHTda raislik qilish Avstriyaga o‘tdi  

Avstriya 2017 yilda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga raislik qilishni rasman qabul qilib oldi. Raislik vazifasi Avstriya tashqi ishlar vaziri Sebastyan Kurtsga germaniyalik hamkasbi Frank-Valter Shtaynmayyerdan o‘tdi.

E'tiborlisi, yangi rais YeXHT ishini tashkilot bosh qarorgohi joylashgan Venadan boshqaradi. Shubhasiz, o‘z uying yordam beradi, biroq yangi raisning ishi u erishgan natijalarga ko‘ra baholanadi. 

Kurts Avstriyaning raislik vaqtidagi ustuvor vazifalarini bayon qildi. Asosan bu ish tashkilotga a'zo davlatlar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Nafaqat geografik joylashuv, balki betaraflik siyosati Avstriyaga ko‘p yillar davomida Sharq va G‘arb o‘rtasida ko‘priklarni barpo etishga, eng dolzarb masalalar bo‘yicha siyosiy munozaralar markazi rolini o‘ynashga ijozat bergan. Aynan jahon muammolarini hal qilishda to‘plangan tajriba Avstriyaga xalqaro kun tartibiga ijobiy ta'sir qilishga yordam berishi kerak.

Mavzuga oid
Top