11:04 / 01.01.2017
12215

Istanbuldagi terakt qurbonlari soni ortmoqda

Istanbulda Yangi yil kechasi uyushtirilgan mudhish terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 39 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, shifoxonalarga jarohatlangan holda olib borilganlar soni 69 nafar. Bu haqda Turkiya IIV rahbari Sulaymon So‘yluga asoslanib, Reyter agentligi xabar berdi.

Dastlabki xabarlarda, hujum qurbonlari soni 35 nafar ekani, 40 kishi jarohatlangani aytilgandi.

Istanbuldagi Reina klubida Yangi yil oqshomi o‘tkazilayotgan vaqtda Kalashnikov avtomati bilan qurollangan terrorchi hududga bostirib kirib, chor atrofga o‘t socha boshlagan. Politsiyachilar uni yo‘q qilishgan.

Mavzuga oid
Top