09:26 / 01.01.2017
17176

OAV: Istanbuldagi klubga tashrif buyurganlar jon holatida o‘zlarini suvga otganlar

Foto: AP

Istanbulda qurolli hujum yuz bergan tungi klubga tashrif buyurganlar hujum vaqtida jon saqlash maqsadida o‘zlarini Bosfor ko‘rfaziga otganlar, deb xabar bermoqda "Frans Press" axborot agentligi.

Terakt sodir bo‘lgan Istanbulning O‘rtakoy tumanidagi Reina tungi klubi shaharning Yevropa qismida, suv bo‘yida joylashgan. Jinoyatchi klub oldida politsiyachini otib tashlab, so‘ngra ichkariga kirib tartibsiz otishma sodir etgan. Ma'lum qilinishicha, bosqinchi Santa-Klaus kiyimida bo‘lgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan va 40 kishi yaralangan.

Top