12:14 / 01.01.2017
5788

Warner Brothers kinokompaniyasi Brexit haqida komediya ishlamoqchi

Warner Brothers kinokompaniyasi  Birlashgan Qirollik mustaqilligi partiyasi (UKIP) bilan Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga bag‘ishlanadigan filmning suratga olinishi bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda The Telegraph xabar bergan.

Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, ssenariy asosida "Brekzitning yomon yigitlari" asari (britaniyalik millioner Arron Banksning kundaliklari) yotadi. Banks «Chiqish uchun ovoz ber» tashviqot kampaniyasi homiylaridan birin bo‘lgandi.

Komediya janrida bo‘ladigan bu film yiqqan mablag‘lar xayriya uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Yevroskeptiklarni birlashtirgan UKIP partiyasi (bu partiya YeIni tark etish g‘oyasi tashabbuskori bo‘lgandi)  sobiq yetakchisi Nayjyel Faraj rolini Benedikt Kamberbetch o‘ynashi, Brexit jarayoniga qarshilik qilgan Donald Tramp roliga esa Klint Istvud tanlanishi kutilmoqda.

Top