15:05 / 02.01.2017
5420

Bag‘doddagi terakt qurbonlari soni 32 nafarni tashkil qildi

Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida amalga oshirilgan navbatdagi portlash oqibatida 32 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Frans Press agentligi mahalliy politsiyaga asoslanib xabar tarqatdi.

Dastlabki xabarlarda portlash o‘ndan ortiq kishini hayotdan olib ketgani aytilgandi.

Aniqlik kiritilishicha, 61 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa Madinat-as-Sadr tumanida xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan. U odamlar gavjum joyga avtomobilda kelib, portlovchi qurilmani harakatga keltirgan.

Hozircha terakt uchun javobgarlikni hech bir tashkilot zimmasiga olmadi.

Top