12:38 / 02.01.2017
32166

Xitoylik muxlislar Odil Ahmedovni kutib oldi

Odil Ahmedov Xitoyga yetib bordi va «Shanxay SIPG» muxlislari tomonidan kutib olindi.

Bugun tongda O‘zbekiston terma jamoasi sardori Xitoyga uchib borgan va uni mahalliy muxlislar katta tantanalar bilan kutib olishgan.

Odil Ahmedovning Xitoydagi agenti Li Feng, «Shanxay SIPG» vakillari, jamoaning ashaddiy muxlislari va ommaviy axborot vositalari xodimlari gulchambarlar bilan qarshi olishgan.

Eslatib o‘tamiz, Odil Ahmedov Rossiyaning «Krasnodar» klubidan «Shanxay SIPG»ga 7 million yevroga transfer qilingan. Shartnomaga ko‘ra, u yangi jamoasida 3 yil davomida 4 million yevrodan yillik maosh oladi.

Top