13:12 / 02.01.2017
5630

Hindistonda avtobus traktor bilan to‘qnashib ketdi, qurbonlar bor

Foto: © AP

Hindistonda besh kishi avtobus va traktorning to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda India nashri politsiyaga asosan xabar bermoqda.

Hodisa Chxattisgarx shtatining G‘ariabond okrugida ro‘y berdi. 25 kishi jarohat olgan. Xabar qilinishicha, halok bo‘lganlar orasida kamida uch ayol va kichik yoshdagi bola bor.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, avtobus oilaviy bayram tadbirida ishtirok etgan taxminan 40 nafar insonni olib ketayotgan bo‘lgan. 

YTH nima sababdan ro‘y bergani noma'lum.

Top