17:25 / 02.01.2017
53056

Sayyoramizda shunday joylar borligini bilarmidingiz?

Sahrolar, ehromlar, go‘zal maskanlar, tashlandiq shaharlar - bularning bari sayohatchilarning o‘n minglab suratlarda aks etgan. Sayyohlar hadeb bir joyga boravergan sari ularning tarovati yo‘qolib bormoqda. Aynan yangi va noodatiy maskanlar qiziqtiruvchi insonlar uchun Don't Panic nashri deyarli hech bir sayyohning ko‘zi tushmagan ajoyib manzarali joylar haqidagi ma'lumot bilan bo‘lishdi. 

Nunavut (Kanada)

Kanadaning uzoq shimolida "Qor malika" illyustratsiyasiga o‘xshash, yovvoyi Nunavut hududi mavjud. Qirg‘oqdan bir necha kilometr narida haqiqiy aysberg bo‘ylab sayr qilishingiz va o‘zingizni Kay yoki Gerdadek his qilishingiz mumkin. 

Torre Di Pisa (Dolomit, Italiya)

Torre Di Pisa mehmonxonasigacha yayov yurib kelishga to‘g‘ri keladi - bu yerga yetish oson bo‘lmasligi aniq. Yo‘l yakunida holdan toygan sayyohlar mehmonxonaning qulay xonalarida orom olishlari mumkin bo‘ladi, bu yerning mazarasini esa so‘z bilan ta'riflab bo‘lmaydi. 

Narrou-Loj (Vud-Tikchik milliy parki, Alyaska)

Ushbu kichik baliqchi uyi yarim orolning eng chekkasida, milliy park band qilgan hududda joylashgan. Bu yerdan eng yaqin joygacha bo‘lgan masofa - 600 kilometr, shu bois bu yerga faqat gidrosamolyotda yetib olish mumkin. Narrou-Lojda dam olish arzonga tushmasligi aniq, biroq bu yerda baliq tutish bir umr yodda saqlanib qoladi. 

Yo‘qotilgan shahar (Kolumbiya)

Kolumbiya junglisida yo‘qolish xavfi ostidagi shahar joylashgan. Bu yerga  tashrif buyurish uchun bir necha kun kerak bo‘ladi - Santa-Ananing maxsus gidlari dovyurak sayyohni bu yovvoyi o‘rmonda sayr qildirishdan xursand bo‘lishadi. Junglidagi qadimiy vayronalar - yaxshi saqlangan 200 inshoot - har qanday sayyohni arxeologiyaga qiziqtirib qo‘yadi. 

Kasa Andina (Titikaka ko‘li, Peru)

Titikaka ko‘li bo‘ylab to‘rt soatlik sayohat juda kamchilik ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan so‘lim go‘shaga boshlaydi. Bu yerda hech qanday sivilizatsiya belgisi yo‘q - bizning texno-davrimizda bunday joyda dam olishni ko‘pchilik orzu qilsa kerak. 

Anegada (Britaniya Virgin orollari)

Murakkab qoyalar tizimi bu joyni qadimiy dunyoning haqiqiy qal'asiga aylantirgan. Faqat mahalliy aholidan chiqqan eng tajribali baliqchilargina bu yerda qayiqda sayr qila olishadi. Ushbu maskanda diqqatga sazovor joylar ko‘p - yovvoyi baliqlarga to‘la qo‘ltiq, yovvoyi hayvonlar yashshovchi palma chakalakzorlari va alohida mavzuga arziydigan betakror sohillar. 

Darvoza (Turkmaniston)

Mahalliy aholi bu joyni "Jahannam eshigi", deb ataydi - ushbu etimologiyaga izoh berish uchun qaynab turgan olovga bir marta qarashning o‘zi kifoya. Krater 40 yildan ziyod vaqtdan beri alangalanib keladi.

Mirador (Gvatemala)

Perudagi Machu-Pikchu haqida hamma eshitgan bo‘lsa kerak - Gvatemaladagi qadimiy shahar Mirador haqida esa ko‘pchilik uchun jumboq. Bu yerda hatto mayyaga qadar sivilizatsiya bo‘lgan deyishadi. Shahar salobatli, qo‘rqinchli me'moriy yodgorliklarga boy. 

Silend qirolligi

Joy nomi jarangdor bo‘lsa-da, aslida, bu bor-yo‘g‘i Saffolk qirg‘og‘idan o‘nlab kilometr masofada joylashgan yolg‘iz tepalikdir. Hozir bu yerda faqat bir kishi yashaydi, lekin taxminan 7 yil ilgari Buyuk Britaniya bu joy uchun kurashgan. Qiziq ma'lumot: Silend saytida istagan kishi atigi 320 dollar evaziga graf mavqeiga ega bo‘lishi mumkin. 

Kichik qishloqlar (Guychjou, Xitoy)

Guychjou Xitoydagi eng qashshoq provinsiyalardan biri hisoblanadi. Modernizatsiya bu yerni ham chetlab o‘tmaydi, albatta. Bu esa klassik kichik qishloqlarning yo‘qolish xavfini keltirib chiqarmoqda. Provintsiyada yashovchi mahalliy aholi barcha kerakli narsalarni o‘z qo‘li bilan yaratadi. Bu yerga bir necha kun, hatto bir haftaga sayohat qilsangiz, afsuslanmaysiz - qishloq ko‘chalarini shoshilmasdan sayr qilish sizga xotirjamlik baxsh etadi. 

Top