11:01 / 02.01.2017
11469

To‘rt ming dollar sabab to‘rt yilga qamalgan yigit

Foto: © Fotolia

Xorazm viloyati huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘zini Urganch universiteti xodimi deb tanishtirgan firibgarni qo‘lga olishdi.

“Na postu” gazetasining bildirishicha, Xorazm viloyatining Urganch tumanilik Nodirbek (ism o‘zgartirilgan) o‘z tanishiga Urganch davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, undan to‘rt ming AQSh dollarini “qurtdek” sanab olgan.

Shuningdek, ushbu shaxs yana ikki kishini ham chuv tushirgan va ulardan sakkiz ming dollarni olgan. 

Nashrning bildirishicha, Nodirbek turli firibgarlik yo‘llari bilan hammasi bo‘lib 14 ming AQSh dollaridan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritgan.

Ushbu holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud firibgarni to‘rt yarim yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Top