09:31 / 02.01.2017
15463

Video: “Arsenal” futbolchisi Olive Jiru “chayon zarbasi” bilan gol urdi

Londonning “Arsenal” futbol klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru Angliya chempionati doirasidagi “Kristal Pelas”ga qarshi kechgan uchrashuvda “chayon zarbasi” bilan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda.

Forvard bellashuvning 17-daqiqasida chililik Aleksis Sanchesning to‘p uzatishidan so‘ng tovoni bilan ajoyib zarba yo‘lladi hamda u darvoza to‘siniga tekkan holda gol bilan yakunlandi. 

Uchrashuvda “Arsenal” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ma'lumot uchun, Jiru Angliya chempionatining joriy mavsumida 12 bahsda qatnashib, beshta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top