10:12 / 03.01.2017
3974

Chilida yirik yong‘in, jabrlanganlar bor

foto: AFP

Chili shimolida yuz bergan yirik tabiiy yong‘in oqibatida kamida yuzta uy yonib, kulga aylandi, deb xabar bermoqda Caracol TV telekanali mamlakat ichki ishlar va xavfsizlik vaziri o‘rinbosari Mahmud Aleuyga asosan.

Avvalroq, Chili IIV Valparaiso turistik shahri va dengiz porti oldidagi yirik tabiiy yong‘in sabab xavfning “qizil” darajasini e'lon qilgandi. Valparaiso, Kasablanka va Algarrobo kommunalarida deyarli 200 kishi xavfsiz joyga ko‘chirildi, 50 ming uy elektr ta'minotisiz qolgan. 

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘in oqibatida kamida 19 kishi jarohat oldi. Ularning aksariyati tutundan zaharlangan. Qurbonlar haqida hozircha xabar berilmagan. 

Ma'lum bo‘lishicha, yong‘inning tarqalishiga issiq ob-havo va kuchli shamol sabab bo‘lmoqda. Uni o‘chirish ishlariga 49 ta yong‘in xavfsizligi xizmati texnikasi va o‘nta samolyot jalb etilgan. Xabarlarga ko‘ra, yong‘in qisman o‘chirilgan.

Mamlakat prezidenti Mishel Bachelet Twitter’dagi o‘z mikroblogida tabiiy ofatdan jabr ko‘rganlarga hamdarlik bildirdi.
Chili, yong‘in

Top