13:20 / 03.01.2017
24564

Qamoqxonaga savol berish mumkin bo‘ldi: O‘zbekiston IIV JIEBB rahbarining virtual qabulxonasi ochildi

Foto: © RIA Novosti

O‘zbekiston fuqarolari endilikda jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbariyatiga onlayn-rejimda shikoyatlar bilan, shuningdek ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan ma'lumotlar olish va o‘z takliflari yuzasidan murojaatlar yuborishlari mumkin.

Yuborilayotgan murojaat rasmiy bo‘lish kerak, shuning uchun jismoniy shaxslar familiyasi (ism, otasining ismi), yashash joyi haqida ma'lumotlarni hamda murojaat nima haqida ekanini ko‘rsatishlari kerak. Yuridik shaxsning murojaatida esa yuridik shaxsning to‘la nomlanishi, joylashgan joyi haqida ma'lumot (pochta manzili) va murojaat nima haqida ekani aks etishi lozim.

O‘z ichida tuhmat, haqorat yoki yolg‘on ma'lumot bo‘lgan murojaatlarni yuborish taqiqlanadi. Shuningdek, bitta foydalanuvchining avval ko‘p bora qaytarilgan javob yuzasidan qayta murojaati ko‘rib chiqilmaydi. Bunday holat murojaatda yangi dalillar bo‘lmasa yuz beradi.

Bu talablar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidan kelib chiqqan holda o‘rnatilgan.

Top