10:20 / 03.01.2017
10773

Shimoliy Kiprda Turkiyani haqorat qilgan taniqli modeler qo‘lga olindi

Shimoliy Kipr hukumati taniqli turk modeleri Barbaros Shansalni qo‘lga oldi. U Turkiya va turk xalqini haqorat qilishda gumon qilinmoqda, deb xabar beradi Cyprus Mail nashri.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Shansal Yangi yil kirishiga oz vaqt qolganda ijtimoiy tarmoqlarga videomurojaatini joylashtirgan. Unda esa Turkiyada qo‘lga olingan jurnalistlar, hukmron adolat va rivojlanish Partiyasidagi korrupsiya haqida so‘z yuritib, mamlakat diniy arboblarini “mutaassiblar” deb atagan. 

Modeler Anqara talabiga ko‘ra qo‘lga olindi va yaqin vaqt ichida Turkiyaga chiqarib yuboriladi. U yerda unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi.

Ta'kidlanishicha, modeler internetga videoni Istanbuldagi tungi klubda yuz bergan teraktga yarim soat qolganida yuklagan. Bu esa u hujumga aloqador bo‘lishi mumkin, degan taxminlarni keltirib chiqargan.

Ma'lumot uchun, Istanbul shahridagi tungi klubga 1 yanvar kuni uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi, 69 kishi jarohatlandi. 

Mavzuga oid
Top