19:23 / 03.01.2017
24248

Spirtli ichimliklarning aksiz soliqlari oshirildi

O‘zbekiston 2017 yilning 1 yanvaridan respublikada ishlab chiqariladigan spirt, spirtli ichimliklar va pivoga  nisbatan aksiz soliq stavkalarini oshirdi. Bu haqida Uzdaily nashri xabar berdi.

Yangi stavkalar O‘zbekiston Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida" qaroriga muvofiq  belgilandi. 

Hujjatga ko‘ra, 2017 yilning 1 yanvaridan etil spirtiga (tayyor mahsulotning 1 dekalitri uchun) nisbatan belgilangan aksiz solig‘i - 6 275 so‘mni (+25%), tabiiy vino aksiz solig‘i esa 6 358 so‘mni (+5%) tashkil qiladi. 

Boshqa vino turlariga nisbatan belgilangan aksiz solig‘i (tayyor mahsulotning 1 dekalitri uchun) 10 ming so‘mgacha oshdi (+20%), konyak - 58 265 so‘m (+26,9%), aroq va boshqa o‘tkir spirtli ichimliklar - 54 057 so‘m (+25%), pivo - 6 416 so‘m (+25%).

Spirt ulushi 40 foizdan ortiq bo‘lgan konyak uchun (tayyor mahsulotning 1 dekalitriga) aksiz soliq 96 006 so‘m miqdorida belgilandi. 40 foizdan ortiq spirtga ega aroq va boshqa spirtli ichimliklar uchun esa - 89 071 so‘m.  

 

Top