17:56 / 03.01.2017
38420

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk ijarasining minimal stavkasi belgilandi

O‘zbekiston hukumati 2017 yilning 1 yanvaridan jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga beriladigan turar joy va noturar inshootlar ijara to‘lovining asosiy o‘lchamlarini belgilab berdi. Bu haqida Uzdaily nashri xabar berdi

Ijara to‘lovining asosiy o‘lchamlari O‘zbekiston Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq belgilandi. 

2017 yilda noturar joy ijarasining minimal stavkasi 1 kvadrat metr uchun Toshkent shahrida 9 ming so‘m qilib (2016 yilda - 6 ming so‘m) belgilandi, Nukus shahri va viloyatlar  tasarrufidagi shaharlarda - 6 ming so‘m (4 ming so‘m), boshqa aholi punktlarida esa - 3 ming so‘m (2 ming so‘m) darajasida  belgilandi. 

Turar joy ijarasining minimal stavkasi 1 kvadrat metr uchun bir oyga Toshkent shahrida - 4,5 ming so‘m (3 ming so‘m), Nukus va viloyatlar tasarrufidagi shaharlarda - 3 ming so‘m (2 ming so‘m) va boshqa aholi punktlarida - 1,5 ming so‘m (ming so‘m) darajasida belgilandi. 

Top