07:53 / 04.01.2017
7960

Filippinda 130 dan ko‘proq mahbus qochib ketdi

Foto: Getty Images

Filippindagi turmadan 130 dan ko‘proq mahbus qochib ketdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, mahalliy radikal tashkilotning jangarilari hujumidan keyin qochishga muvaffaq bo‘lingan. Hujum oqibatida qo‘riqchilardan biri halok bo‘lgan, bir mahbus yaralangan. Ayni vaqtda qochoqlardan 2 nafari qo‘lga olingan, qolgan mahbuslarni qidirish operatsiyasi davom etmoqda.

Mahalliy qishloqlardan birining boshlig‘i aytishicha, qishloq odamlari ham bir qochoqni tutib olishgan. Ularning aytishicha, qochoqlar boshpana topish yoki odamlarni garovga olmasliklari uchun o‘z qishloqlarini himoya qilishga tayyorlar. 

Mavzuga oid
Top