11:28 / 04.01.2017
5717

Indoneziya harbiylari Avstraliya bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Indoneziya Avstraliya bilan Mudofaa sohasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvni to‘xtatdi. Bu haqda Reyter agentligi Indoneziya armiyasi matbuot xizmati rahbari general-mayor Vurantoga asoslanib xabar tarqatgan.

"Barcha turdagi hamkorlik to‘xtatildi. Muhokama qilinishi kerak bo‘lgan texnik sabablar bor",- degan u. Generalning so‘zlariga ko‘ra, qaror dekabr oyida qabul qilingandi.

AVS xabariga ko‘ra, bunga Avstraliyadagi harbiy bazada indoneziyalik maxsus harbiylarni tayyorlash vaqtida indoneziyalik instruktor avstraliyaliklar tomonidan haqoratlangani sabab bo‘lgan.

Pertdagi bazada Pancha Sila — «adolat va gullab-yashnash» jamiyatini barpo etishning Indoneziya modelining beshta tamoyiliga nisbatan haqoratli mazmunga ega materiallarni ko‘rishgan.

Avstraliya tomoni bu borada hozircha izoh bermadi.

Top